TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻoniston hududida temiryoʻl qurish loyihasida ishtirok etadi, dedi "Oʻzbekiston temir yullari" AJ rahbari Davron Dexkanov.
Dexkanov aytishiga qaraganda Afgʻoniston ular uchun tanish boʻlgan hudud. "Oʻzbekiston Temir yoʻllari" bu yerda 2010 yilda "Hayraton — Mozori Sharif" yoʻnalishida 100 kilometrli temir yoʻl boʻlagini qurib bitkazgan edi.
"Afgʻonistondagi loyiha Oʻzbekiston uchun juda muhimdir, chunki u Afgʻoniston va Pokiston hududlari orqali Eronning Bendar-Abbas portiga chiqish imkonini beradi. Biz Afgʻoniston vakillari bilan bir qator muzokaralar oʻtkazib maʼlum natijalarga erishdik. Afgʻoniston tomoni qurilishni boshlashga tayyor, hozir moliyalash masalasi hal boʻlmoqda", — dedi Dexkanov.
Eslatib oʻtamiz, temir yoʻlining Xayratondan Mozori-Sharifgacha boʻlgan qismi butun Afgʻoniston orqali oʻtgan temir yoʻlining bir boʻlagidir. Ushbu yoʻl orqali Afgʻonistonga barcha importning yarmi olib kelinadi. Kelajakda ushbu yoʻl "Mozori-Sharif-Shibergan-Maymana-Hirot" yoʻnalishida uzaytiriladi. Bu Afgʻoniston shimolida iqtisodiy transport koridori yaratish imkonini beradi.
Undan tashqari, Oʻzbekiston va Afgʻoniston ushbu yilda transport koridori hisobidan, oʻzaro savdo miqdorini 1 milliard dollarga yetkizishni rejalashtirgan.