O‘zbekiston korxonasi xalqaro "Halol" sertifikatini oldi

Kolbasa Rozmetov
Kolbasa Rozmetov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro standartlash va sertifikatlash markazi komissiyasi o‘zbekistonlik kompaniya mahsulotini "Halol" standartiga loyiq deb topdi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik kolbasa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxona xalqaro "Halol sertifikati oldi, deb xabar qilmoqda Kommersant nashri.

Rossiyada ishlab chiqarilgan halol mahsulot - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "Halol" mahsuloti davlatlararo standart loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Ushbu sertifikat "Halol" — xalqaro standartlash va sertifikatsiyalash markazi tomonidan jiddiy tekshiruvdan keyin beriladi.

"Halol" sertifikati — bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanilgan xom-ashyo va ziravorlar, ishlab chiqarish sex binolari, asbob-uskunalari, kompaniya biznes uslubi va tayyor mahsulot "Halol" standarti talablariga javob berishini bildiradi.

"Mustaqil komissiya kompaniya ishlab chiqarish jarayonini 2 haftadan ortiq o‘rgandi. Ular ferma, kushxona, ishlab chiqarish sexlarida bo‘lishdi. Tekshirish tugaganidan keyin tayyor mahsulot namunalari DNK testi uchun laboratoriyaga yuborildi", — deydi kompaniya asoschisi Ziyovuddin Ro‘zmetov.

"Aslida biz kompaniyaga asos solingan 1989-yildan beri halol mahsulot ishlab chiqarganmiz. Bizning oila urf-odatlarni hurmat qiladi va mahsulot tozaligini kafolatlaydi. "Halol" sertifikati bizga mahsulotni qilish imkonini beradi", — deb so‘zini davom ettirdi Ro‘zmetov.

Yangiliklar lentasi
0