Aprelda Qandim gaz majmuasining ikkinchi navbati ishga tushiriladi

© IA «Jaxon” / Shaxriyor TurgunboyevFotoreportaj s mesta stroitelstva Kandimskogo GPK
Fotoreportaj s mesta stroitelstva Kandimskogo GPK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Lukoyl" Qandim gazni qayta ishlash zavodining yiliga 4,05 milliard kub metr gazni qayta ishlaydigan birinchi navbatini qurish ishlarini 2017-yil noyabrda yakuniga yetkazgandi

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. "Lukoyl" aprelda Qandim gazni qayta ishlash zavodining ikkinchi navbatini ishga tushiradi va Buxoroda direktor kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi, deb xabar berdi "O‘zbekneftegaz" AJ o‘zining Telegram-kanalida.

Toshkentda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, "O‘zbekneftegaz" AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov va "Lukoyl" vitse-prezidenti Sergey Nikiforov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar "Lukoyl" prezidenti Vagit Alekperovning tashrifiga tayyorgarlik, "Qandim" gazni qayta ishlash zavodini ishga tushirish marosimini o‘tkazish muddati hamda tabiiy gaz eksporti bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob masalalarini muhokama qildi.

"Xususan, Qandim gazni qayta ishlash zavodini ishga tushirish marosimini aprelda Buxoroda "Lukoyl" kompaniyasi direktorlar kengashining yig‘ilishi chog‘ida o‘tkazishga kelishib olindi", — deyiladi xabarda.

Na territorii gazopererabativayushego zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Qandim konida gaz qazib olish boshlandi

"Lukoyl" Qandim gazni qayta ishlash zavodining yiliga 4,05 milliard kub metr gazni qayta ishlaydigan birinchi navbatini qurish ishlarini 2017-yil noyabrda yakuniga yetkazgandi. Avvalroq "O‘zbekneftegaz" zavodning ikkinchi navbatini ishga tushirish 2018-yil iyuliga rejalashtirilganini xabar qilgandi.

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi "Lukoyl" gaz qazib olish bo‘yicha "O‘zbekneftgaz" AJ bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan "Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot" loyihasining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Loyiha bo‘yicha mahsulotlar taqsimoti to‘g‘risidagi kelishuv 2004-yilda imzolangan edi. Xauzak-Shodi uchastkasida gaz qazib olish ishlari 2007-yilda boshlangan bo‘lsa, G‘arbiy Shodi uchastkasida — 2011-yildan yo‘lga qo‘yildi.

Kelishuvni amalga oshirishning navbatdagi bosqichi Qandim konlar guruhini o‘zlashtirishdan iborat. Uskunalarni yetkazish, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi va konni jihozlash bo‘yicha shartnoma 2015-yil fevralida imzolangan.

Qandim konlari guruhi 6 ta gaz kondensati konlaridan iborat. Bular Qandim, Quvachi-Olot, Oqqum, Parsanko‘l, Xoji va G‘arbiy Xoji konlaridir.

Yangiliklar lentasi
0