Qandim konida gaz qazib olish boshlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishNa territorii gazopererabativayushego zavoda
Na territorii gazopererabativayushego zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda gazni qayta ishlash zavodi qurilishining ikkinchi bosqichi boshlangan. Uni 2018-yilning iyul oyida yakunlash rejalashtirilgan.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. "Lukoyl" kompaniyasi Qandim konlar guruhida gazni qayta ishlash zavodi qurilishining birinchi bosqichini yakunladi, deb xabar qilmoqda “Jahon”  axborot agentligi.

"Lukoyl" kompaniyasi belgilangan muddatdan besh oy oldin Qandim gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbatini ishga tushirdi”, — deyilgan xabarda.

Zavodning birinchi bosqichi quvvati yiliga 4,05 milliard kubometr gazdan iborat.

Lukoyl kompniyasi xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev "Lukoyl" kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Shuningdek, zavod ishlashi uchun kerak bo‘ladigan vaxta shaharchasi, avtomobil yo‘llari, zavod oldidagi hudud, elektr va suv ta’minoti tizimlari hamda eksport gazi uchun jamlash va quvurlar tizimi qurilishi ham yakunlangan.

“Ayni damda gazni qayta ishlash zavdining ikkinchi  bosqichi qurilishi davom etmoqda. Uni 2018-yilning iyul oyida yakunlash rejalashtirilgan”, — deyilga xabarda.

Eslatib o‘tamiz “Lukoyl” va O‘zbekiston hamkorligida 2007-yilda ishlab chiqarish quvvati 3,4 mlrd bo‘lgan “Xauzak-Shodi” koni, 2015-yil may oyida quvvati 2,1 bo‘lgan "Quvachi-Olot va Shimoliy Shodi" konlari, 2017-yilning iyul oyida umumiy quvvati 5 milliard tonna bo‘lgan Hisor konlari guruhi ishga tushirilgan edi.

2018 yilda barcha konlardan “Lukoyl” bilan hamkorlikda qazib olinayotgan gaz hajmi 14,7 milliard kubometrni tashkil qilishi kerak. Ushbu loyihalarga Rossiya kompaniyasi tomonidan kiritilgan sarmoyalar hajmi 6,5 mlrd. dollarni tashkil qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0