Kreml Dog‘iston hukumati nega yoppasiga qo‘lga olinganiga izoh berdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishVid na Moskovskiy kreml
Vid na Moskovskiy kreml - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dog‘istonda Moskvadan borgan maxsus komissiya ishlamoqda. Qo‘lga olingan vazirlar ijtimoiy loyihalar uchun ajratilgan pullarni talon-taroj qilishda ayblanmoqda. Dog‘istonlik amaldorlar bilan bog‘liq vaziyat borasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ham axborot berilgan

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Dog‘iston hukumati a’zolarining qo‘lga olinishini siyosiy inqiroz deb atab bo‘lmaydi, deb bayonot qilgan Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

"Bu siyosiy inqiroz emas, balki huquq-tartibot organlari faoliyatining davomidir", — deb qayd etgan Peskov.

Matbuot-kotib, prezident Vladimir Putin "bu kampaniyabozlik emas, balki izchil, maqsadli va tizimli ish" ekanligi borasida ko‘p marotaba takrorlaganini eslatib o‘tdi.

Bejensi v Myanme - Sputnik O‘zbekiston
Axmat Qodirov fondi Bangladeshda myanmalik yetim-bolalar uchun maktab ochdi
Yanvar oyida Dog‘istonga qonunlarga rioya etilishini takshirish uchun Moskvadan maxsus komissiya tashrif buyurgan. Komissiya faoliyati davomida Maxachkala meri Musa Musayev, Dog‘iston poytaxtining bosh arxitektori Magomedrasul Gitinov qo‘lga olingan.

Kuni kecha BSB xodimlari Dog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Abdusamad Gamidovni, uning o‘rinbosarlari Shamil Isayev va Rayudin Yusufovlarni hamda sobiq ta’lim vaziri Shaxobbos Shaxovni qo‘lga oldilar.

Ular ijtimoiy loyihalar uchun ajratilgan budjet mablag‘larini o‘marganlikda ayblanmoqda. Yetkazilgan zarar miqdori 95 million rubldan ortiqni tashkil etgani aytilmoqda.

To‘rt nafar amaldorning uyida tintuv ishlari amalga oshirilgan. Gamidovga firibgarlikning ikki turi, boshqalariga bittadan turi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Tergovchilar ularni hibsga olishni so‘rab iltimosnoma yo‘llaganlar.

Gamidovning uyidan oltin to‘pponcha (TT markali), "Beretta" to‘pponchalari, ikkita Kalashnikov avtomati topilgan.

Sal keyinroq sud Shaxovni 5-aprel sanasiga qadar hibsga olgan, boshqa qo‘lga olinganlarning ishi hozircha ko‘rilmagan. Amaldor o‘zini aybdor deb tan olmagani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0