Metan ballon portlashi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi

© UznewsVzriv gazovogo ballona v avtomobile
Vzriv gazovogo ballona v avtomobile - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagan gaz quyish shaxobchasida metan ballon o‘rnatilgan matiz portlab ketdi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Buxoro viloyatining Kogon tumanida “Matiz” avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Tergov departamenti.

“2018 yil 02-fevral kuni soat taxminan 22:30da Buxoro viloyati, Kogon tumanida joylashgan “ZELIC OIL GAZ” MChJga tegishli avtomobillarga gaz qo‘yish shoxobchasi oldida “Matiz” rusumli avtomashinaning gaz balloni portlashi natijasida avtomashinada bo‘lgan 2 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib vafot etgan”, — deyilgan xabarda.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 259 moddasining 2 qismi bo‘yicha — yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajaralishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi oqibatida odam qurbon bo‘lishiga olib kelishi, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent ko‘chalarida - Sputnik O‘zbekiston
Gaz-ballon uskunasi o‘rnatilgan avtomobillar «Diqqat gaz» belgisi bilan ajratiladi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Matiz” avtomobiliga metan gaz balloni o‘rnatilgan bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, metan gaz ballonida gaz bosimi o‘ta yuqori- 200-250 atmosfera bo‘ladi, (propan gaz ballonida 10-16 atmosfera) shuning uchun ballonga yuqori xavfsizlik talablari qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018-yilning 1-fevralidan boshlab II, III, va IV markali, kompozit gaz ballonlaridan foydalanish ta’qiqlangan. Faqat I turdagi, to‘liq metalldan yasalgan ballonlardan foydalanish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0