Jamiyat

Gaz-ballon uskunasi oʻrnatilgan avtomobillar «Diqqat gaz» belgisi bilan ajratiladi

© Yuriy Korsuntsev / «Gazeta.uz» / Toshkent koʻchalarida
Toshkent koʻchalarida - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida "Tabiiy siqilgan, suyultirilgan gazlarda yoki dizel va gaz yoqilgʻisi aralashmasida harakatlanuvchi avtotransport vositalarining yongʻinga qarshi himoya hamda xavfsizlik texnikasi instruktsiyasini tasdiqlash haqida" buyrugʻi loyihasi muhokama qilinmoqda.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Ushbu hujjatda, xususan, gaz ballonda haraktlanuvchi avtomobillarga nisbatan  «Diqqat gaz» belgisini joriy etish taklifi berilgan, deb xabar qiladi kun.uz nashri.

Ishchilar avtomobil yigʻish korxonasining svarka qilish tsexida. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbek avtosanoatining eng katta 5ta kamchiligi
Metall gaz ballonlarining xizmat qilish muddati ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilanadi:
— siqilgan tabiiy gaz ballonlari uchun — 15 yil yoki 15 ming marta toʻldirish;
— suyultirilgan gaz ballonlari uchun — 15 yil.
Xizmat muddati tugagandan soʻng (yoki 15 ming marta toʻldirilgandan soʻng) gaz ballonlari utilizatsiya qilinadi.
Avtotransport vositasiga oʻrnatilgan barcha gaz barcha gaz ballonlari belgilangan muddatga muvofiq davriy texnik taftishdan oʻtishi lozim:
— siqilgan tabiiy gaz ballonlari — uch yilda bir marta;
— suyultirilgan gaz ballonlari — ikki yilda bir marta.
Mazkur instruktsiya avtomobildagi gaz ballon uskunasining montaj ishlarini ishlab chiqaruvchi zavodda yoki maxsus ixtisoslashtirilgan tashkilotda amalga oshirilishini koʻzda tutadi.
Oʻzbekistonda avtotransport vositalariga faqat metall korpusli siqilgan tabiiy gaz ballonlarini oʻrnatishga ruxsat beriladi.
Siqilgan va suyultirilgan tabiiy gaz ballonlarida harakatlanuvchi avtomobillarning gaz ballonlari qizil rangga boʻyalib, ularda "metan" va "propan butan" yozuvlari boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0