TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi qator xizmatlar ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatmoqda, deb xabar qildi IIV matbuot-xizmati.
Xabarda qayd etilishicha, respublika OVIRi yangi binoga ko‘chishi munosabati bilan 2018-yilning 5-fevral kunidan 11-fevral kuniga qadar xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti hamda fuqaroligi yo‘q shaxsning xorijga chiqish hujjatini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va elektron talabnoma shakllantirish;
2. Jismoniy shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va elektron talabnoma shakllantirish;
3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish;
5. Chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish;
6. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risida qayd varag‘ini rasmiylashtirish.
7. Haydovchilik hamda avtomototransport vositalarini qayd qilish guvohnomalarini rasmiylashtirish xizmatlari to‘xtatilgan.