O‘zbekistonda xorijga chiqish uchun alohida pasport bari bir joriy etiladi

© Sputnik / Vadim ShekunPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil yanvar oyidan boshlab yangi xorijiy davlatlarga chiqish pasportini olish mumkin. OVIR chiqish stikerlari bekor qilinib, amaldagi biometrik pasportlar esa ichki pasport bo‘lib qoladi

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda xorijiy davlatlarga chiqish uchun alohida pasport bari bir joriy etiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududida yashash, harakatlanish uchun pasport o‘rniga ID-karta joriy etilishi mumkin

Bundan avval, amaldagi biometrik pasportlar xorijga chiqish uchun foydalanishi, mamlakat ichida esa ID-kartalar joriy etilishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Adliya vaziri birinchi o‘rinbosari Nodirjon Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, OVIR stikerlar 2019-yil 1-yanvardan rasman bekor qilinadi.

"Kelgusi yilning yanvar oyidan boshlab yangi xorijga chiqish pasportini olish mumkin. Amaldagi biometrik pasport esa ichki pasport bo‘lib qoladi. O‘zbekiston fuqarolarida ikkita pasport bo‘ladi. Bu OVIR stiker amal qilishi shu yilda tugaydigan bo‘lsa, yangisini olishi mumkin bo‘ladi, uning amal qilish muddati ikki yil bo‘ladi", — deb ta’kidladi Jo‘rayev Sputnik muxbiriga.

ID-kartalarini joriy etish bo‘yicha loyiha bir yilga mo‘ljallanmagan. 2018-yil uchun davlat dasturida ushbu masala batafsil o‘rganib chiqiladi.

"Davlat dasturida ID-kartalar tizimini joriy etish o‘rganib chiqish va bir qator takliflar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Masalan, qaysi yildan tatbiq etish, buning uchun nima qilish zarur, qanday normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hamda qanday uskunalarni xarid qilish kerak bo‘ladi. Bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bir yilda emas", — deb ta’kidladi Jo‘rayev.

Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2018-yilda elektron viza tizimi ishga tushadi

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta samarali mexanizmlar tufayli alohida pasport olish uchun katta navbatlarni oldi olinadi. Jumladan, Adliya vazirligi qoshida davlat xizmatlar agentligi tashkil qilindi. Ushbu agentlik 2020-yildan boshlab pasport va propiska berish sohasidagi xizmatlar ko‘rsatadi. 

Shu bilan birga, 2021-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston fuqarolari amaldagi biometrik pasportlar (2011 yildagi shakli) bilan vizasiz qatnov tartibi joriy etilgan davlatlarga (Ozarbayjon, Armeniya, Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Ukraina, Gruziya) chiqishlari mumkin.

Bundan avval IIVdagi manbaalari Sputnik tahririyatiga xorijga chiqish pasporti 48 varaqdan iborat bo‘lib, muqovasi to‘q qizil rangda bo‘lishini ma’lum qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0