Nikohga yangicha nigoh: O‘zbekistonda oila qurmoqchi bo‘lganlarni nimalar kutmoqda ?

Obuna bo‘lish
Endilikda oila qurmoqchi bo‘lganlar o‘qitiladi, ajrashishlar faqatgina sud orqali bo‘ladi va yarashish uchun beriladigan muddat uzaytirilishi kutilmoqda

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlari dasturida nikohni qayd qilish va bekor qilish qoidalarini kiritish ko‘zda tutilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash muddati qisqartirildi
Endilikda nikohdan o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar maxsus ta’lim dasturi bo‘yicha oilaviy hayot majburiy o‘quv kurslarida o‘qishlari kerak bo‘ladi. Ushbu dastur chet el tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi aytilmoqda.

Shuningdek, nikohdan o‘tmoqchi bo‘lganlarning sog‘lig‘i to‘g‘risida ataydan noto‘g‘ri ma’lumotlar beradigan rahbarlar va tibbiyot muassasalari xodimlari uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Nikohni qayd etish muddati uzaytiriladi. Jiddiy qaror borasida mulohaza uchun bir oylik muddat yetarli emas, deb topilgan.

Nikohni bekor qilish faqatgina sud orqali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, er-xotinga beriladigan yarashish muddati bir yilga uzaytiriladi.

Ajrashish tashabbusi bilan chiqqan tomon ikkinchi tomonga tovon puli to‘lashi singari jahonda keng qo‘llanilib kelayotgan amaliyot O‘zbekistonda ham hayotga tatbiq etilishi rejalashtirlmoqda.

2018 yilda ishlab chiqilgan normalarga o‘zgartishlar kiritilishi mumkinligi ham eslatib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0