Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash muddati qisqartirildi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oila kodeksiga qo‘shilgan normaga muvofiq voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davr uchun, shu jumladan ko‘chmas yoki ko‘char mulk tarzida yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yo‘li bilan oldindan to‘lanishi mumkin

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Alimentlar to‘lashdan bo‘yin tovlash muddatlari qisqartirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 13 yalpi majlisida aytib o‘tildi.

Senatorlar "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ko‘rib chiqdilar. Qonun bilan O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi qaroriga muvofiq "Garov to‘g‘risida"gi, "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi hamda "Ipoteka to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Ona va bola - Sputnik O‘zbekiston
Aliment to‘lamaganlar qay tarzda jazolanadi? O‘zbekistonda yangi qonun muhokama qilinmoqda
Qonunning bir qator qoidalari voyaga yetmagan bolalarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Jumladan, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz bolalarni, shuningdek, ota-onalarni ta’minlash uchun alimentlar to‘lashdan bo‘yin tovlash muddatlari qisqartirilmoqda. Bu muddat tugagach, shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Voyaga yetmagan bolalarning, shuningdek, mehnatga layoqatsiz va muhtoj ota-onalarning moddiy ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatilishiga va qarzdorning aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lov qobiliyatining yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Jinoyat kodeksidan jarima tarzidagi sanksiya chiqarib tashlanmoqda. Bundan tashqari, alimentlar to‘lanishini ta’minlash maqsadida Jinoyat kodeksi shaxs moddiy zararni qoplagan taqdirda, uni javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi qoidalar bilan to‘ldirilmoqda.

Oila kodeksiga qo‘shilgan normaga muvofiq voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davr uchun, shu jumladan ko‘chmas yoki ko‘char mulk tarzida yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yo‘li bilan oldindan to‘lanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0