TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Samarqand viloyati hokimining Qurbanov Kamalidin Musayevichni Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risida qarori e’lon qilindi, deb xabar qildi "Zarafshon" gazetasi.
1. QURBANOV Kamalidin Musayevich Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlansin.
2. Ushbu masala xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdig‘iga kiritilsin", — deyiladi qaror matnida.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Otabek Babayev 1-fevraldan viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.