TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Otabek Babayev 1-fevraldan e’tiboran viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.
2002 yilda Samarqand davlat universitetini (2004 yilda magistr) tamomlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (magistr) tinglovchisi.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: iqtisodchi, tashqi iqtisodiy munosabatlar. Qashqadaryo viloyat Shahrisabz tuman "Matlubotsavdo" aksionerlik jamiyatida ishlagan. 1991-1994 yillarda Samarqand oliy tijorat kollejida o‘qigan.
Shundan so‘ng "O‘zmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasiga qarashli "Shahrisabz-konserva" aksionerlik jamiyatida ta’minotchi-muhandis, "Kamolot" yoshlar jamg‘armasi Qashqadaryo viloyat bo‘limida ijrochi direktor, Qashqadaryo viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi marketing markazida sho‘’ba mudiri, Samarqand viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasida tashqi iqtisodiy aloqalar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, viloyat iqtisodiyot boshqarmasi hududlarni kompleks rivojlanishining monitoringi, tahlil va yig‘ma bo‘limida boshliq o‘rinbosari, viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasida boshliq,
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.