Prezident havosi eng ko‘p ifloslangan shaharlarni sanab o‘tdi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishZagraznenie proizvodstvom okrujayushey sredi
Zagraznenie proizvodstvom okrujayushey sredi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, Tabiatni muhofaza qilish milliy dasturini ishlab chiqarish topshirildi.

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2-fevral kuni O‘zbekistonda ekologik vaziyat tahlili va uni yaxshilashga ishlarga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Majlis davomida prezident Andijon, Angren, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq, Toshkent va Nukus shaharlarida havoning chang bilan ifloslanish darajasi belgilangan sanitar normalaridan 2,7 baravar ortiqcha ekanligini qayd etdi.

 

Ushbu vaziyat tufayli Davlat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi rahbarlariga, xalqaro tajribaga asosan, Tabiatni muhofaza qilish milliy dasturi ishlab chiqarish topshirildi.

Orol dengizi o‘rnidagi sahro - Sputnik O‘zbekiston
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash dasturi ishga tushdi

Undan tashqari respublikadagi chiqindi yig‘ish tizimi ham tanqidiy tahlil  qilindi. Xususan shahardagi chiqindixonlarni namunaviy loyiha asosida optimallashtirish, qishloq aholisini ham sanitar-tozalash xizmatlari bilan qamrab olish borasida 5-yillik dastur ishlab chiqarish vazifasi qo‘yildi.

Prezident O‘zbekistonning 9ta shaharlarida chiqindini yig‘ish va qayta ishlash klasterlarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu borada Surxondaryoda tashkil etilgan klaster faoliyati namuna qilib ko‘rsatildi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2017-yil 21-apreldagi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qayta tashkil etilib, uning zimmasiga ekologik holatni yaxshilash, maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash borasida ulkan vazifalar qo‘yilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0