Toshkentda qiymati 1,4 milliard bo‘lgan texno-majmua quriladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishmaket sovremennogo mikrorayona
maket sovremennogo mikrorayona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maydoni 50 gektar bo‘lgan majmua hududida biznes-markazi, turar joylar, ta’lim, tijorat tashkilotlari, ilmiy tekshirish institutlari va boshqa obyektlar bo‘ladi.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Janubiy Koreyaning POSCO Daewoo korporatsiyasi Toshkentda, umumiy qiymati 1,4 mlrd dollar bo‘lgan High Tech City — yuqori texnologiyali majmua — qurilishini boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu shartnoma Toshkent shahar hokimiyati hamda Davlat investitsiyalar qo‘mitasi tomonidan imzolangan.

Proyekt delovogo sentra Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston
"Tashkent city" xalqaro ishbilarmonlik markazi loyihasi yanada takomillashtiriladi

Yangi majmua 50 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, bu yerda biznes-markazlari, turar joylar, ta’lim, tijorat va sanoat muassasalari, ilmiy-tekshirish markazlari va boshqa obyektlar joylashgan bo‘ladi. Ularning barchasi "aqllli" texnologiyalar, energiya tejovchi va binolarni avtomatlashtiruvchi tizimlarni qo‘llash yordamida amalga oshiriladi.

High Tech City yuqori texnologiyali majmuasi qurilishini boshlash uchun ikkala tomondan ishchi guruhlar tashkil etilgan. Guruh loyihani amalga oshirish uchun joy tanlash masalasini o‘rganadi va uning barcha bosqichlarini nazorat qilib boradi. High Tech City joylashtirish uchun to‘rtta hudud o‘rganilmoqda.

Koreyalik mutaxassislar Toshkentda shahar qurilish ishlarini tahlil qilib, allaqachon amalga oshirilayotgan — Tashkent City va "aqlli" shahar Nurafshon loyihalari bilan tanishib chiqishdi.

POSCO Daewoo — xalqaro gigant korporatsiyasi bo‘lgan POSCOning sho‘’ba korxonasi bo‘lib, u xalqaro savdo va sarmoyalar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya nafaqat Koreya balkim butun dunyo miqyosida katta qurilish tajribasiga ega.  

Yangiliklar lentasi
0