"Aloqabank" aholiga avtomobil sotib olish uchun kredit beradi

© FbRavon Motors Osh
Ravon Motors Osh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kredit muddati 4-yilgacha bo‘lib, kredit foizi yillik 20%ga teng

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. "Aloqabank" jismoniy shaxslarga birlamchi bozordan GM Uzbekistanning rasmiy dilerlaridan avtomobil xarid qilish uchun avtokredit beradi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Chevrlet Spark RS - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar ittifoqi xodimlariga Spark va Damas mashinalarini sotib olish uchun kreditlar beriladi

Kredit olish uchun avtomobil narxining 30%idan kam bo‘lmagan miqdorda garov depoziti bo‘lishi talab qilinadi. Kredit muddati 4-yilgacha bo‘lib, kredit foizi yillik 20%ga teng.

Garov depoziti va kredit foizlaridan tashqari, xaridor yana bir xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni 50 mln so‘mdan 80 mln so‘mgacha kredit uchun eng kam ish haqining 5 baravari, 80-120 mln so‘mgacha kredit uchun eng kam ish haqining 7 baravari, 120-150 mln so‘mlik kredit uchun eng kam ish haqining 9 baravari va 150 mln so‘mdan ortiq kredit uchun eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida komissiya haqi olinadi.

Kreditni rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi: mahalladan yashash joyi to‘g‘risida (oila a’zolari ko‘rsatilgan holda), ish joyidan ishlashi (lavozimi) va oxirgi bir yillik daromadi to‘g‘risida ma’lumotnoma, pasport, mehnat daftarchasi va jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi, STIR (INN) nusxalari, avtomashina narxining 30 foizi miqdorida omonat garovi to‘langanligi haqida ma’lumotnoma va GM Uzbekistan rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

Avtokreditlar "Aloqabank"ning barcha filiallarida beriladi.

Yangiliklar lentasi
0