Sobanin: ko‘pchilik migrantlar Moskvada yashash uchun qolishmayapti

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie vozvrashayutsya k rabote posle obedennogo pereriva
Inostrannie rabochie vozvrashayutsya k rabote posle obedennogo pereriva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya poytaxti meri so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik migrantlar Moskvada yashash uchun qolmayapti. Yevropadan farqli ularoq, ular bu yerga yordam pulini uchun kelishmayapti, ular ishlash va pul topish uchun kelishmoqda

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Moskva aholisining soni barqarorlashdi, aholi xorijiy migrantlar hisobiga ko‘paymayapti. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobanin "Komsomolskaya pravda" radio efir chog‘ida ma’lum qildi.

Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari 2017-yilda Moskva budjetiga 15,7 milliard rubl daromad keltirishdi

"Moskva aholisi soni tabiiy ko‘payish hisobiga ortmoqda. So‘nggi 7-8 yilda shaharda aholining tabiiy ko‘payishi kuzatilmoqda. Aholining kichik miqdori migrantlar hisobiga ko‘paymoqda", — deb ta’kidladi Sobanin.

Uning fikriga ko‘ra, ko‘pchilik migrantlar Moskvaga yashash uchun kelmayapti. Yevropadan farqli ularoq, ular yordam pulini olish uchun kelishmayapti. Migrantlar bu yerga ishlash va pul topish maqsadida kelmoqda. Moskva merining so‘zlariga ko‘ra, hozircha Rossiya poytaxti xorijiy ishchi kuchidan to‘liq voz kecha olmaydi.

"Migrantlar kuchidan to‘liq voz kecha olmaymiz: profitsit 2 million ish o‘rinni tashkil qilmoqda ", — dedi Sergey Sobanin.

Sobanin 2017-yilda migrantlar tomonidan mehnat patentlari uchun 15 milliard rubldan ortiq mablag‘ to‘langanligini ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0