TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil davomida 310 ta tibbiyot inshootlarida qurilish, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash va jihozlash uchun 803,6 milliard so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirildi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
O‘tkazilayotgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 2018-yilda umumiy amaliyot shifokorligi bo‘yicha bo‘sh o‘rinlar 82 foiz, tor mutaxassisliklar bo‘yicha esa 55 foiz qoplanishi kutilmoqda.
2015 yil yanvar oyida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 7-bosqich bakalavriat bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazildi va ulardan 1811 nafari umumamaliyot shifokori sifatida ishga yo‘llanma oldi.
Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida umumiy amaliyot shifokoriga bo‘lgan vakansiyalar to‘ldiriladi.