O‘zbekistonda tez yordam haydovchilariga qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 25-yanvar kuni prezidentning davlat maslahatchisi Rustam Qosimov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Prezident posetil medsentr v Sherabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev xususiy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi

Prezident matbuot xizmati tomonidan ushbu qarori o‘qib eshittirildi.

Yangi qaror talablariga ko‘ra, tez yordam haydovchilari uchun 2018-yil 1-fevraldan 30 % ustama ajratiladi.

Ma’lum qilinishicha, 2017-yilda 1,2 mindan ortiq tez yordam avtoulovlari xarid qilingan.

Bundan tashqari, shoshilinch tibbiy yordam barcha tibbiyot muassasalarida bepul tarzda ko‘rsatilishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, maxsus Call-markazlarni tashkil etish mo‘ljallanmoqda, ushbu markazlarda shifokorlar qo‘ng‘iroqlarga javob qaytaradi. Asossiz ravishda tez yordam ko‘rsatishdan bosh tortish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0