Jamiyat

Fohishaxona mijozlarini haydagan ayol kaltaklab oʻldirilgani tasdiqlanmadi - IIV

© AP Photo / Anvar Ilyasov / Uzbekskiye militsionerы vozle doma
Uzbekskiye militsionerы vozle doma - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ijtimoiy tarmoqlarda "Fohishaxona mijozlarini haydagan ayol kaltaklab oʻldirildi" sarlavhasi bilan maqola tarqatilgan

TOSHKENT, 2 fev – Sputnik. Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda "Fohishaxona mijozlarini haydagan ayol kaltaklab oʻldirildi" sarlavhasi bilan tarqatilgan maqolaga rasmiy munosabat bildirdi.

Unga koʻra, Namangan shahrida fohishaxonaga kelganlarni haydagani uchun kaltaklangan ayol kasalxonada hayotdan koʻz yumgani haqidagi maqola oʻz tasdigʻini topmadi.

Rasmiy munosabatda bildirilishicha, 2017 yilning 23 yanvar kuni soat 11.06da Namangan shahar IIB navbatchilik qismiga Namangan shahar 4-kichik tuman 40-uy kirish yoʻlagida Turgʻunoy Oltinovaning yiqilib tushib tan jarohati olganligi yuzasidan xabar kelib tushgan. Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, surishtiruv harakatlari oʻtkazilgan. 40-uyda yashovchi fuqarolar baxtsiz hodisa sodir boʻlgan vaqtda hech qanday shovqin yoki urush-janjal holatini kuzatmaganliklari haqida koʻrgazmalar berishgan.

Devushka na doroge - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Fohishalik bilan shugʻullangan ayollarning surati chop etilishi borasida IIBB javobi

Shifokorlar tomonidan T.Oltinovaga gipertoniya kasalligi hisobiga, bosh miyada qon aylanishining oʻtkir gemorragik turida buzilishi, bosh miya chap yarim sharlari miya ichi va bosh miya oʻng yarim sharlari yon qorincha insult gematomasi tashxisi qoʻyilgan. Koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan, 30 yanvar kuni kasalxonada vafot etgan.

"Maqolada Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan bogʻlanib, xodimlar voqeani tasdiqlangani holati ham yolgʻonligi aniqlandi. Shuningdek, maqolada keltirib oʻtilgan bir ayol 6-mikrorayonda fohishaxona tashkil qilgani, mahalla yoki uchastka nozirlari undan ulush olib, indamasliklari holati yuzasidan nazarda tutilgan Yunusova Habiba Toʻxtasinovnaga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda maqola tarqatilishidan ancha ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Yunusova Habiba Toʻxtasinovna besh yilu olti oyga ozodlikdan mahrum etilgan", deyiladi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan rasmiy munosabatda.

Yangiliklar lentasi
0