Fohishalik bilan shug‘ullangan ayollarning surati chop etilishi borasida IIBB javobi

© VALERY HACHE / AFPDevushka na doroge
Devushka na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent IIBB bosh boshqarmasi vakillari nima uchun bundan choralarni ko‘rayotganligi va ularni amalga oshirish oqibatida jinoyatchilik sonini kamayishiga qanday ta’sir ko‘rsatganligini ma’lum qilishdi

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Internet tarmog‘idagi yirik guruhlarda bir necha hafta davomida ichki ishlar idoralarining fohishalik bilan qo‘lga tushgan ayollar va mast haydovchilarining suratlarini e’lon qilinishiga haqqi bor-yo‘qligi qizg‘in muhokama etilmoqda. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Sgorevshiy avtobus v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Yanvar oyida sodir bo‘lgan eng shov-shuvli hodisa va jinoyatlar

O‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi o‘zining rasmiy saytida mast holatda mashina boshqarib qo‘lga tushgan haydovchilarning fotosuratlarini e’lon qilishni boshladi. O‘tgan haftada ilk bor fohishalik bilan shug‘ullangan ayollarning fotosuratlari ham e’lon qilindi.

Toshkent IIBB bosh boshqarmasi vakillari nima uchun bundan choralarni ko‘rayotganligi va ularni amalga oshirish oqibatida jinoyatchilik sonini kamayishiga qanday ta’sir ko‘rsatganligini ma’lum qilishdi.

"So‘nggi vaqtlarda fohishalik bilan shug‘ullangan ayollarning foto suratlarni chop etishni boshladik. Nima uchun bunday qildik? Chunki ushbu ayollar o‘zlari maxsus saytlarda bemalol o‘zlarining fotosuratlarini, telefon raqamlarini, badan o‘lchamlari, o‘zlarini va xizmatlarini reklama qilishmoqda", — deb ta’kidladi IIBB boshliq o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, huquq tartibot organlari tomonidan bunday choralar faqatgina qo‘lga olingan ayollar va ularning faoliyatlari haqida ma’lumotlar batafsil tekshirib chiqilgandan so‘ng amalga oshirildi. Qo‘lga olingan shaxslar kimdir sudga arz qilmoqchi bo‘lsa, albatta buni qilishlari mumkin. Sud jarayonida IIBB o‘z hatti-harakatlarini tushuntirib beradi.

"Biz hammasini to‘g‘ri qilayapmiz, chunki bu kabi huquqbuzarliklarning profilaktikasi bilan shug‘ullanishimiz kerak. Bu mast holda mashina boshqargan haylovchilarni suratlarini chop etish masalasiga ham taalluqli. Bir oydan keyin bo‘lmasa ham, bir yil ichida albatta buning natijasi bo‘ladi. Aslini olganda mast holda mashina boshqargan haydovchilar soni kamaymoqda", — deb qo‘shimcha qildi IIBB boshliq o‘rinbosari.

Yangiliklar lentasi
0