O‘zbekistonga Kavkazdan sovuq havo oqimi kelmoqda

© Sputnik / Sergey Krasnouxov / Mediabankka o‘tishMetel na avtomobilnoy doroge
Metel na avtomobilnoy doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan havo kuzatiladi. Respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonga Kavkazdan sovuq havo oqimi yaqinlashib kelmoqda.

Pojarniy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Sovuq havoda yong‘in xavfsizligini unutmang – YoXB ogohlantiruvi
O‘zbekiston gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2-3 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston hududi bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuxatiladi.

2 fevral kuni respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

3 fevral kuni respublika hududi bo‘ylab, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi.

2-3 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan shamol soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayadi.

2 fevralya respublika hududi bo‘ylab 5-10 daraja iliq ob-havo saqlanib turadi.

3 fevral kuni sovuq antisiklon kirib kelishi bilan havo 0-5° daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0