O‘zbekistonda go‘dak tanasidan 16 dona igna topildi

© Facebook / Lola Karimova-TillyaevaOperatsiya rebenku s vrojdennoy patalogiyey serdsa
Operatsiya rebenku s vrojdennoy patalogiyey serdsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ignalarni chiqarish bo‘yicha jarrohlik operatsiyasi 9 soat davom etgan va 13 ta ignani chiqarish muvaffaq bo‘lingan. Qolgan 3 dona igna keyingi operatsiyada chiqarib tashlanadi. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Farg‘ona viloyatida shifokorlar 11 oylik gudakning tanasidan 16 dona tikuv ignalarni topishdi. Ignalar bola tanasida bir oy davomida bo‘lgan, deb xabar qildi RIA Novosti Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayangan holda.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
1000 dollar evaziga hujjat to‘g‘rilamoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Shifokorlar bolada ignalarni uning onasi murojaat qilgandan so‘ng, rengent qilingach aniqlashgan. Go‘dak zudlik bilan Toshkendagi Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazida operatsiyaga yotqizilgan.

"9 soatlik jarohlik operatsiyasi o‘tkazildi, bola tanasidan 13 dona igna chiqarib olindi", — deb ta’kidlagan suhbatdosh agentlikka.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolaning yoshini inobatga olgan holda, qolgan 3 dona ignani kelgusi jarrohlik amaliyotida chiqarib olish rejalashtirilgan. Hozir bola jonlantirish bo‘limida.

Sog‘liqni saqlash vazirligi vakiliga ko‘ra, o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ignalar bolaning organizmida bir yarim oy davomida bo‘lgan.

Markazning bolalar bo‘limi mudiri, professor Xabibulla Akimovning so‘zlariga ko‘ra, ignalar bola tanasining turli qismlarida bo‘lganligi tufayli, bola o‘zi 16 ta ignani yuta olmagan. Huquq tartibot organlari ushbu holat bo‘yicha tergov ishini boshlashgan.

Yangiliklar lentasi
0