O‘zbekiston qishloq joylarida uy qurish uchun Saudiya Arabistonidan 50 mln dollar oladi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishCtroitelstvo domov po tipovomu proyektu
Ctroitelstvo domov po tipovomu proyektu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelishuv doirasida suv, gaz, elektr ta’minoti, yo‘l tarmoqlarini qurish orqali mavjud infrastruktura yaxshilanadi

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. O‘zbekiston va Saudiya taraqqiyot fondi o‘rtasida O‘zbekiston qishloq joylarida uy-joylar qurish uchun 50 mln dollarlik zayom kelishuvi imzolandi.

V Buxare sdani v ekspluatatsiyu novie tipovie doma - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil oxirigacha 9 mingdan ortiq uy-joy foydalanishga topshiriladi

Mazkur mablag‘ "Navoiy, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi qishloq joylarida zamonaviy uy-joylar qurish" loyihasini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Hujjat O‘zbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan tashrifi doirasida imzolangan.

Loyihaga ko‘ra, respublikaning yuqorida aytib o‘tilgan uchta viloyatidagi qishloq joylarida 2 mingdan ortiq namunaviy loyihadagi uylar quriladi.

Shuningdek, kelishuv doirasida suv, gaz, elektr ta’minoti, yo‘l tarmoqlarini qurish orqali mavjud infrastruktura yaxshilanadi, ijtimoiy markaz va sport maydonchalari, maktab, tibbiyot muassasalari, savdo majmualari va avtobus bekatlari ham bunyod etiladi.

Yangiliklar lentasi
0