Xiva Ispaniyaning Avila shahri bilan birodarlashishi mumkin

Obuna bo‘lish
Avila 1985-yilda, Xiva esa 1989-yilda YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Xiva va Avila shaharlari hokimiyatlari bu ikki shaharni birodarlashgan shaharlar deb e’lon qilish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda "Turprom" portali Xiva hokimi Erkin Yaqubovga asoslanib xabar berdi.

Zapovednik Ichan Kala . Gorod Xivi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Xiva va Xorazmga keladigan turistlar sonini 2 baravarga oshirmoqchi

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Ispaniyada bo‘lib o‘tgan FITUR-2018 yirik xalqaro turistik yarmarkasida ishtirok etdi.

"Biz Avila va Xiva shaharlari o‘rtasida juda ko‘p umumiy jihatlarni ko‘rdik. Tarixiy merosni saqlab qolish va Avilaga turistlarni jalb etish borasidagi tajriba tahsinga loyiq. Ispaniyalik hamkorlar turizm sohasida o‘zaro hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirishmoqda", — dedi Yaqubov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki shahar qal’a shaharlar hisoblanadi. Ularga faqat darvozalar orqali kirish mumkin. Xivada to‘rtta, Avilada oltita darvoza bor. Avila 1985-yilda, Xiva esa 1989-yilda YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0