MXX respublika chegara qismlarida yuzaga kelayotgan ulkan navbatlarga izoh berdi

Obuna bo‘lish
Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi qo‘shni davlatlar bilan chegarada izoh berli

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi respublika chegarasida o‘tkazuv punktlarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar bo‘yicha izoh berdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Kontrolno propusknoy punkt na granitse s Kirgizstanom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali bir sutkada 7 ming nafar kishi o‘tishi ta’minlanadi

"Xalqaro aloqalar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda aloqalar kengayishi munosabati bilan so‘nggi vaqtlarda chegara qismlarida keskin ravishda yo‘lovchilar tirbandligi oshishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmoqda", — deb xabar qildi O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Yo‘lovchilar oqimi ko‘payishi "Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradagi "G‘isht-ko‘prik" avtoyo‘l punkti (bu yerda sutkasiga 28 ming nafargacha odam o‘tkazilmoqda) va Qirg‘iziston Respublikasi bilan "Do‘stlik" chegarasida (sutkasiga 8 ming nafar odam), ayniqsa sezilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0