Musulmon davlatlari elchilari Buxoroga katta qiziqish bildirishdi

Obuna bo‘lish
Elchilar viloyatning turistik salohiyati, innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishishgan

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Musulmon davlat elchilari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Buxoro hokimligi matbuot-xizmati.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan murojaatnomalarida keltirilgan vazifalar hamda 2018-yil 11-yanvardagi tashqi ishlar vazirligi xodimlari va mamlakatimizning xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan uchrashuvida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatiga Afg‘oniston va Eron Islom Respublikalari hamda Hindiston, Qirg‘iziston, Misr Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston Respublikalari va Saudiya Arabistoni Qirolligidagi O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchilari tashrif buyurishdi", — deyiladi xabarda.

Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva vo vremya poslaniya Oliy Majlisu - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyeyov hokimlar vakolatlari haqida aytib o‘tdi
Mehmonlarni viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev kutib olganligi aytilgan.

Xabarda viloyat hokimligining konferensiyalar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda elchilar viloyatning turistik salohiyati, innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishishgani qo‘shimcha qilinishicha.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev, hokimlar vazifasiga to‘xtalgan holda, "hokimlarning hududlarni rivojlantirish, mahalliy budjetning ijro etish, kommunal muammolarni hal qilish kabi dolzarb faoliyati ustidan xalq o‘z vakillari orqali tegishli nazoratni amalga oshirishiga imkoniyat yaratib berish" eng muhim vazifa bo‘lib qolishi zarurligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0