Mirziyeyov hokimlar vakolatlari haqida aytib o‘tdi

© Press-slujba prezidenta RUzVistuplenie Shavkata Mirziyoyeva vo vremya poslaniya Oliy Majlisu
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva vo vremya poslaniya Oliy Majlisu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga hokim vakolatlari haqida o‘z fikrini aytdi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda xokimlarning ijro hokimiyati vakolatlari haqida o‘z fikrini aytib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Uinston Cherchil. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Cherchilldan iqtibos keltirdi

Yig‘ilish davomida hokimlarning ijro va vakillik hokimiyati rahbari sifatida vakolatlarini ajratib qo‘yish masalasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Keyingi paytda xalq deputatlari kengashlarining rolini, xalq noiblari vakolatlari tubdan oshirildi. Siyosiy partiyalarining mahalliy hokimiyat idoralarining shakllantirish borasida vakolatlari borasida bosqichma-bosqich kengaytirildi. Deputatlik nazorati esa mustahkamlandi. Biroq ochiq tan olish kerak, hokimlarning ham mahalliy kengashlarga, ham ijro hokimiyatiga rahbarlik qilishi demokratik prinsiplarga mos keladi deb bo‘lmaydi. Hech qayerda bunday narsa yo‘q",- dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Shundan so‘ng, prezident hokimlarning hududlarning rivojlantirish mahalliy budjetning ijro etish, kommunal muammolarni hal qilish kabi dolzarb faoliyatini ustidan xalq o‘z vakillari orqali tegishli nazoratni amalga oshirishga imkoniyat yaratib berish eng muhim vazifa bo‘lib qolishi zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0