O‘zbekistonda go‘sht narxi nega ko‘tarilayotganiga iqtisodiyot vazirligi izoh berdi

Obuna bo‘lish
2017 yilda mol go‘shti 35,9 %ga, qo‘y go‘shti - 31,4 %ga, parranda go‘shti - 33,1 %ga oshgan

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Iqtisodiyot vazirligi respublikada go‘sht narxining ko‘tarilishi sabablariga aniqlik kiritdi, deb xabar qildi Hukumat portali.

Prilavok s masom - Sputnik O‘zbekiston
Ikki yuz ellik ming so‘m: Mirziyoyev go‘shtning haqiqiy narxini aytdi
Ta’kidlanishicha, viloyatlar va tumanlarda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash komplekslarining yetarli darajada rivojlanmagani, fermer va dehqon xo‘jaliklarining mahsuldor chorva mollari bilan ta’minlanmagani hamda mahsuldor chorva mollarini yetishtirish sohasidagi ilmiy izlanishlarning yetishmasligi go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxining oshib ketishiga olib kelmoqda.

Ozuqa-yem mahsulotlarini yetishtirish uchun yer maydonlarining yetishmasligi, yerlarning sho‘rlanishi, ozuqa-yem mahsulotlari tannarxining yuqoriligi, realizatsiya qilishdagi "vositachilar"ning ko‘pligi ham go‘sht mahsulotlari narxining qimmatlashuviga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun: 2017-yilda mol go‘shti 35,9 %ga, qo‘y go‘shti — 31,4 %ga, parranda go‘shti — 33,1 %ga oshgan.

 

Yangiliklar lentasi
0