TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida, nutq so‘zlagan.
Mahalliy OAVlarning yozishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqi davomida Toshkent viloyatidagi go‘sht tanqisligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.
"Hozirgi devalvatsiya sharoitida 1 kilogramm go‘shtning narxi aslida 250 ming bo‘lishi kerak. Hozir amallab narxni ushlab turibmiz", — degan Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbari Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida yiliga 12 ming tonna baliq tayyorlaydigan baliqchilik xo‘jaligi barpo etilishi rejalashtirilgani, bu orqali go‘sht narxi ma’lum darajada ushlab turilishini qo‘shimcha qilgan.