TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekiston chegara yaqinidagi So‘g‘d viloyati Asht tumani yerlarini qishki sug‘orish uchun suv yetkazib berishni boshladi, deb xabar qildi Podrobno.UZ nashri Tojikiston OAVlarga tayangan holda.
Asht tumani raisi Zarif Mirdado 2017-yil yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu ma’lumotni tasdiqladi.
"Endi suv bizga shimoliy Farg‘ona kanalidan kelmoqda. Biz qo‘shni respublika bilan hamkorlikdagi kuchlar bilan ushbu kanalning 6 km hududini tozaladik. O‘zbekiston yonilg‘i, biz esa texnikani berdik", — dedi Mirdado.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Asht yerlariga suv 2017-yil yakunidan hozirgi vaqtgacha kelmoqda.