TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiyaning Dushanbega tashrifi natijalariga ko‘ra tomonlar davlat chegarasining eng bahsli qismi – Farhod GESi to‘g‘oni bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
Dushanbe va Toshkent Farhod GESi joylashgan hudud Tojikiston hududi deb tan olinishi, obyekt esa O‘zbekiston mulki hisoblanishiga kelishishdi.
Obyektni Tojikiston tomoni qo‘riqlaydi, unga texnik xizmat ko‘rsatish bilan esa O‘zbekiston shug‘ullanadi.
Farhod GESi Sirdaryo viloyatida Tojikistonning Xo‘jand shahri yaqinida joylashgan gidroelektrostansiya bo‘lib, u elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga qator sug‘orish kanallarini suv bilan ta’minlaydi.