O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qo‘shimcha 3 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Igor MaslovReysovie avtobusi
Reysovie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar "Toshkent-Bishkek", "Andijon-O‘sh" va "Farg‘ona-O‘sh" yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yishga qaror qilishdi

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston 3 ta yo‘nalishdagi muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida uch tomonlama majlis bo‘lib o‘tadi

Toshkentda o‘tgan haftada o‘tkazilgan ikki davlat o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish davomida ushbu kelishuvlarga erishildi.

Tomonlar "Toshkent-Bishkek" ("G‘isht-ko‘prik"/Jibek yo‘li" o‘tish punktlari orqali), "Andijon-O‘sh" ("Do‘stlik-Dostuk"), "Farg‘ona-O‘sh" ("O‘zbekiston-Qizil Kiya") yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida avtobus qatnovlarni yo‘lga qo‘yilishi aholi o‘rtasida juda katta talabga ega bo‘ladi. Bu O‘sh shahrida nafaqat aholi ko‘pligi jihatidan Qirg‘izistonda ikkinchi o‘rinda bo‘lganligi uchun, balki bu shaharda ko‘plab etnik o‘zbeklar istiqomat qilganligi sababli qatnovlarga talab ko‘p bo‘ladi.

Kontrolno propusknoy punkt na granitse s Kirgizstanom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali bir sutkada 7 ming nafar kishi o‘tishi ta’minlanadi

Bundan avval Qirg‘iziston tomoni shu bilan birga Toshkent O‘sh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yishni taklif qilgandi.

"Ikki davlat viloyatlari o‘rtasida aviaqatnovlarni kengaytirishimiz zarur. Ayniqsa, Toshkent va O‘sh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi qatnovni yo‘lga qo‘yish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Yangi transport qatnovlari ikki davlat sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantiradi", — deb ta’kidlagandi Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artem Novikov Toshkentda o‘tgan yili dekabr oyida o‘tkazilgan muzokaralarda.

Yangiliklar lentasi
0