TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 30-yanvardan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan 11,84 so‘mga oshdi va 8175,77 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 167,36 so‘mga qimmatlashib, 10146,13 so‘mga yetgan.
1 Rossiya rubli 1,16 so‘mga qimmatlab, 145,24 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.