TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts "supersigir" yaratishlari uchun 40 million dollar pul sarflamoqda, deb xabar qildi Business Insider portali.
Ushbu buyurtma genetik tadqiqotlar va uy jonivorlari uchun vaksinalar yaratish bilan shug‘ullanuvchi GALVmed notijorat tashkilotiga berilgan.
"Bu ishning samarasi juda yuqori. Hayotining davomiyligi hozirgi sigirlarnikidek bo‘lgan, ammo ulardan to‘rt barobar ko‘p sut beradigan sigirni vujudga keltirishimiz mumkin", — deb bayonot qilgan Geyt.
Eslatib o‘tamiz, Microsoft asoschisi bundan oldinroq sun’iy urug‘lantirish yo‘li orqali sigir yaratish taklifini kiritgan edi.
Milliarder Geyts tez-tez xayriya va ilmiy loyihalarga pul ajratib turadi. Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 92 milliard dollarga yetgan.