TOShEKENT, 28 yanv — Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi, Aqto‘be viloyati sudi yonib ketgan avtobusning 3 nafar haydovchilarini 2 oy muddatga hibsga oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan nashri sud zalidan.
Dastlabki tergov ishlari natijasida, avtobus haydovchilari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 345 moddasi, 4 bandida ko‘rsatilgan jinoyatni (yo‘l-harakati xavfsizligi qoidalarini va transport vositasini boshqarish va ekspluatatsiya qoidalarini buzish) amalga oshirilgani aniqlangan.
Xususan, tergov davomida haydovchilar yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagan holda, avtobus saloni ichida benzinli kavsharlagichdan (ochiq olov) foydalangani aniqlangan.
Ushbu jinoiy ish Qozog‘iston IIVning hududlararo tergov-tezkor guruhi tasarrufida bo‘lib, ishning ko‘rib chiqilishi Qozog‘iston Bosh Prokuraturasi nazoratida.
Bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudya Alima Adilova haydovchilarni ikki oy muddatga hibsga olish haqida qaror chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, 18-yanvar kuni erta tongda Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati “Samara – Shimkent” yo‘lida 57 nafar yo‘lovchi mingan avtobusning dvigateli qattiq sovuqdan o‘chib qolgan. Calonni istish maqsadida foydalanilgan benzinli kavsharlagichdan yong‘in chiqib avtobus yonib ketadi. Yong‘indan uch nafar haydovchi va ikki nafar yo‘lovchilar qutilib qolishga ulguradi, 52 nafar yo‘lovchi qurbon bo‘lgan edi.