Aqto‘beda yonib ketgan avtobus haydovchilari hibsga olindi, ular 10-yilga qamalishi mumkin

© KChS MVD RKSgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana
Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilgan ma’lumotlar va faktlar asosida avtobusning har uchala haydovchisi hibsga olingan. 24-yanvar kuni tungi soat 22:40da ular qo‘lga olinib, Oqto‘ba shahar IIB hibsxonasiga olib kelingan

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Joriy yilning 18-yanvar kuni Aqto‘bedagi trassada yonib ketgan avtobus haydovchilari hibsga olindi. Hodisa oqibatida 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lishgan edi.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Aqto‘bedagi fojea: avtobus nima sababdan yongani aytildi
Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, avtobusda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik, ya’ni avtobus saloni ichini isitish maqsadida payalniy lampadan foydalanilgani tufayli kelib chiqqan.

"Haydovchilar transport vositasini ekspluatatsiya qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzishgan", — deb xabar berdi Aqto‘be viloyati prokuraturasi matbuot-xizmati.

Avtobusning uch nafar haydovchisi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Ular 24-yanvar kuni tungi soat 22:40da qo‘lga olingan.

Haydovchilar yo‘l harakati qoidalari yoki transport vositalari ekspluatatsiyasi qoidalariga rioya etmaslik va ehtiyotsizlik oqibatida 2 va undan ortiq odamlar o‘limiga sabab bo‘lishda gumon qilinmoqda.

Ushbu modda bo‘yicha erkaklarga 5-10 yilgacha qamoq jazosi berilishi yoki ular yetti yilgacha muddatga ma’lum lavozimlarni egallash huquqidan dan mahrum etilishi mumkin.

Hozirda qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov respublika bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi nazoratiga olingan.

Yangiliklar lentasi
0