Mirziyoyev: iqtisodiyotimizga har yili 1 milliard dollardan ziyod qo‘shimcha mablag‘ tushadi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2026-yilgacha quriladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kafolatlangan elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kafolatlangan elektr energiyasi bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev raskritikoval Uzbekneftegaz - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev "O‘zbekneftgaz"ni tanqid qildi

Xabarda aytilishicha, yig‘ilishda kombinatdagi yangi quvvatlarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi ishlar atroflicha muhokama etildi.

"Biz o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Bu strategik quvvatlar ishga tushishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotiga har yili bir milliard dollardan ziyod qo‘shimcha mablag‘ tushadi, odamlar yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi", — deb ta’kidladi prezident.

Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha «yo‘l xarita»larini ishlab chiqish, ularda loyiha hujjatlarini tayyorlashdan tortib, obyektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan har bir jarayonning aniq muddatlari belgilash zarurligi qayd etildi.

Energetika sohasini 2018-2028 yillarda rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish, bunda qayta tiklanadigan, muqobil energiya manbalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish vazifasi qo‘yildi.

Loyihaoldi hujjatlari va import shartnomalarini tez va sifatli ekspertizadan o‘tkazish, jarayonga chuqur bilimga ega mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev dori vositalarini arzonlashtirish bo‘yicha yangi qarorni imzoladi

Bug‘-gaz qurilmalarini barpo etishni videokuzatuv orqali nazorat qilish, qurilish, elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish jarayonlari xavfsizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

«O‘zbekenergo» kompaniyasiga qurilish ishlariga tarmoq korxonalarini kengroq jalb qilish hamda mahalliy mahsulotlardan foydalanish, buning uchun tizimdagi pudrat tashkilotlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash topshirildi.

Mazkur kompaniyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida moliyalashtirish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0