TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.
Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yuqori va o‘rta bosimli gaz taqsimot tizimini rivojlantirish, avtotransportlarni gazga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, iste’molchilarning energiya resurslaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish muhimligi qayd etildi.
Neft-gaz sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyatining kredit reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.
Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar qabul qilish va belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.