TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida "Afrosiyob" shamoliga uchib ketgan erkakning o‘ng oyog‘i sindi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Xabarga aytilishicha, 24-yanvar kuni soat 19:00larda Oqoltin tumanida yashovchi, 59 yashar erkak mast holda "N.Zokirov" ko‘chasidan o‘tuvchi 7-piket 3485-km.da temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan vaqtida 761-sonli "Buxoro-Toshkent" yo‘nalishida qatnovchi "Afrosiyob" tezurar yo‘lovchi poyezdining shamoliga uchib ketgan. Fuqaro shu yerda to‘xtab turgan yuk poyezd vagoniga urilib jarohat olib "o‘ng oyoq son suyagining o‘rta uchligidan ochiq sinish" tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.