O‘zbekistonga navbatdagi "Afrosiyob" elektropoyezdi keltirildi

Obuna bo‘lish
Yangi zamonaviy elektropoyezd 287 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Unda ekonom toifali vagonlar soni 2011-yilda olib kelingan "Afrosiyob"ga qaraganda 2 taga ko‘p

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekistonda "Afrosiyob" poyezdlarining soni yana bittaga oshdi. "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Ispaniyaning "PATENTES TALGO, S.L.U" kompaniyasi o‘rtasida yana ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

Toshkentdan Buxoroga yangi "Afrosiyob" elektropoyezdi qatnay boshladi

Shartnomaga muvofiq, ushbu zamonaviy elektropoyezdlarning ikkinchisi ham O‘zbekistonga olib kelindi.

Yangi zamonaviy elektropoyezd 287 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Unda ekonom toifali vagonlar soni 2011-yilda olib kelingan "Afrosiyob"ga qaraganda 2 taga ko‘p. Bu bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha 72 yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazish imkoni demakdir.

Joriy yilning mart oyida olib kelingan yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdi bugungi kunda Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovni amalga oshirib yo‘lovchilarga xizmat qilmoqda.

"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning bildirishicha, hozirgi kunda zamonaviy "Afrosiyob" elektropoyezdlarining yangi harakat jadvali ishlab chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0