Usmonov har juma kunini "Tibbiyot kuni" sifatida belgilashga topshiriq berdi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Tashkent
Goroda mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bugundan boshlab haftaning har juma kuni "Tibbiyot" kuni deb e’lon qilinadi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov haftani har juma kunini "Tibbiyot" kuni sifatida belgilash haqida topshiriq berdi, deb xabar qildi shahar hokimligi matbuot-xizmati.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tez yordam haydovchilariga qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi
Tuman hokimining o‘rinbosarlari haftaning juma kuni tibbiyot muassasalaridagi muammolarni o‘rganish, tahlil qilish, ularni bartaraf etish, ayniqsa oilaviy poliklinikalarda fuqarolarni kutish holatlarini oldini olish kabi kamchiliklarni bartaraf etish bilan shug‘ullanishlari belgilandi.

Sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini takomillashtirish maqsadida 25-yanvar kuni shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi. Unga muvofiq tizimidagi tibbiyot muassasalarini yumshoq va qattiq jihozlar bilan ta’minlashga 6 mlrd. 185 mln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Bundan tashqari, mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalarida, dori-darmon vositalariga ajratiladigan mablag‘ o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirildi. 2017-yilda 26,5 mlrd. so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilda 48,2 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan ko‘riladigan bu kabi chora-tadbirlar yaqin kunlar ichida shahar sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0