TOShKENT, 24 yanv — Sputni. Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbari Agrippina Shin seshanba kuni hech kimni ogohlantirmay, bog‘chalarga tashrif uyushtirdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot-xizmati.
Vazir boshchiligidagi mas’ullar e’tiborini bog‘chaning tayyorlov guruhi tarbiyachisi Dilyara Egamberdiyeva o‘tkazayotgan navbatdagi mashg‘ulotlar o‘ziga jalb qildi. Bolalar shu qadar mashg‘ulotlarga qiziqib ketishganki, xatto mehmonlarning guruhga kirib kelganligini ham sezmay qolishdi.
Kuzatuv davomida aniqalanishicha, tarbiyachi Egamberdiyeva o‘zining o‘n sakkiz yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lgan, oliy ma’lumotli bog‘cha opa farzandlarimizga zamonaviy pedagogik texnalogiyalar asosida ta’lim tarbiya berishga intilgan jonkuyar, intiluvchan, zamon bilan hamnafas tarbiyachi ekan. Bog‘cha opaning ta’lim-tarbiya berish metodikasini yuqori boholagan vazir, ushbu maktabgacha ta’lim muasasasida sog‘lom ovqatlantirish jarayoni ham to‘g‘ri tashkil etilganligiga amin bo‘lish maqsadida oshxonaga yo‘l olgan.
Afsuski, oshxonadagi holat kutilgan natijani bermagan, taomnoma bo‘yicha 2-qaylali noxatli bo‘tqa pishish arafasida bo‘lsada, uning ichida xozirgina solingan xom go‘sht borligi hammani hayratga solgan.
Aniqlanishicha, oshpaz E.Mamedova taomnoma bo‘yicha tushlikdagi 2-ovqatga berilishi lozim bo‘lgan 35,22 kg. go‘sht o‘rniga 31kg go‘sht ishlatgan ekan. Ammo, mehmonlarning kutilmagan tashrifi uni esankiratgani bois, pishib turgan noxotli bo‘tqaga yana 4 kg xom go‘shtni solib, ana shu bois tushlik berish bog‘chada kechiktirilgan.
Shuningdek, mazkur bog‘chaning quvvati 540 nafar bolaga mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, 2018-yilning 1-yanvar xolatiga tarbiyalanuvchilar soni 740 nafarni tashkil qilayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ustiga-ustak bolalar bog‘chasi binosining birinchi blogi tuman xokimiyati tomonidan Mahalla qo‘mitasiga berilgan. Yo‘l qo‘yilgan ana shu kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida takrorlanmasligini oldini olish maqsadida 206-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Muxammedova, oshpaz Mamedova, ombor mudiri Dadaxodjayevalar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shuningdek, bog‘cha hamshirasi Tashtayevaga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.