O‘z "kuchiga" ortiqcha ishongan notarius ishdan olindi

© © Sputnik / Tabildi Kadirbekov.Kreslo rukovoditelya
Kreslo rukovoditelya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Notarius fuqarodan ortiqcha hujjat talab qilgan, ustidan vazirlikka shikoyat qilingach - fuqaroni qo‘rqitishga uringan.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Toshkent shahridagi Olmazor tuman 7-son davlat notarial idorasi notariusi A.Quvondiqova sansalorlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi, deb yozmoqda "Inson va qonun" gazetasi.

S.Amanova ismli fuqaro xonadonni hadya qilish shartnomasini qayd etish uchun ushbu notariusga xizmatidan foydalanmoqchi bo‘lgan. Barcha kerakli hujjatlar taqdim etilgan bo‘lishiga qaramasdan, notarius fuqaroni qaytadan sudga murojaat qilishga yuborgan.

Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat notariuslari yo‘q qilinadi

Ushbu muammo yuzasidan Adliya vazirligi xodimlari notarius Quvondiqova bilan tushuntirish ishlari olib borishiga qaramasdan, notarius mijozdan ortiqcha hujjat talab qilishda davom etgan.

Natijada fuqaro boshqa notariusga murojaat qilishga majbur bo‘lgan va ushbu notarial harakat qisqa muddatda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, rasmiylashtirilgan.

Shikoyat yuzasidan vazirlikka chaqirilgan notarius A.Quvondiqova mas’ul xodim ishtirokida fuqaro S.Amanova bilan qo‘pol muomalada bo‘lib, uni haqorat qilgan, fuqaroga bosim o‘tkazish niyatida, unga nisbatan mahalla fuqarolar yig‘inidan salbiy tavsifnoma olganini aytib, qo‘rqitishga uringan.

Yuqoridagi holatlarning barchasini inobatga olgan holda, ichki mehnat tartibi qoidalariga asosan, A.Quvondiqova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Yangiliklar lentasi
0