Telegram yordamida fohishalik xizmatlarini taklif qilgan ayollar qo‘lga olindi

© VALERY HACHE / AFPDevushka na doroge
Devushka na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda istiqomat qiluvchi ayol shaxsiy ochiq suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib, mijozlarga jinsiy aloqa qilish uchun bir soatiga 400 ming so‘m so‘ragan

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari Yashnaobod tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida Telegram tarmog‘i orqali o‘zining "xizmat"larini taklif qilgan fohishalarni qo‘lga olishdi. Uznews.uz internet nashri xabariga asosan.

Jenskie nogi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi saunalarning birida fohishalik qilganlar qo‘lga olindi

Huquq tartibot xodimlari ushbu ayollardan biri o‘zining ochiq rasmlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirganligi aniqlandi. Ushbu ayol jinsiy aloqa qilish uchun bir soatiga 400 ming so‘mga so‘raganligi ma’lum bo‘ldi.

Xabarga ko‘ra, qo‘lga olingan ayol Yashnaobod tumanida kvartirani ijarada istiqomat qilgan. U yerda ayollar jinsiy aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelishgan. Ushbu kvartirada fohishalik bilan shug‘ullangan 3 ta ayol aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan ayollarga jinoiy qonunchilik talablari asosida javobgarlik choralari ko‘rildi.

Yangiliklar lentasi
0