TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 2018 yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Yunusobod tumani hududida joylashgan "Zolotaya ribka" nomli saunada tekshiruv o‘tkazildi.
Mazkur holat yuzasidan ushbu muassasa rahbari, 1983-yilda tug‘ilgan Abduraxmanova Lutfinisa Abduraxmon qiziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 3-qismi(Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoki pasportlarni garovga olish Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoki pasportlarni garovga olish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi)ga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek Tashkenbayeva, Razzoqova hamda Valiyevalarga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 190(fohishalik bilan shug‘ullanish) va 223-modda(Pasport tizimi qoidalari buzish)siga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.