TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidentining katta maslahatchisi Xumoyun Qayumiy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bilan uchrashdi, deb xabar qildi Jamiyat matbuot xizmati.
Uchrashuvda Afg‘oniston Prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sayid Shahobuddin Timuriy, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, kompleks rahbari Nodir Otajonov, davlat rahbarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev hamda "O‘zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Umidjon Salimov avtomobilsozlikda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.
"O‘zavtosanoat" AJ tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Afg‘onistonda xarid qilish, sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish, kadrlar malakasini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.