TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. O‘zbekiston temir yo‘llari, 2018-yilning yanvar oyidan boshlab xalqaro yo‘nalishlarga qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlarga, chiptalar oldindan xarid qilingan taqdirda, quyidagi chegirmalarni e’lon qildi.
Kupe va maxsus vagonlar uchun:
Poyezd jo‘nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilsa — 45 %;
Poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 kun oldin xarid qilsa – 35 %;
Plaskart vagonlar uchun:
Poyezd jo‘nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilsa — 35 %;
Poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 kun oldin xarid qilsa — 35 %;
Chiptani poyezd jo‘nash kunidan 5 kun oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilgan yo‘lovchiga esa, 5 % ustama qo‘shilishi belgilangan.
Mazkur chegirmalar ichki yo‘nalishlar, shuningdek, guruh bo‘lib yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Kompaniya matbuot xizmati ushbu yo‘nalishlarda chipta xarid qilishda muammolar tug‘ilsa AJ mahalliy ofislariga yoki rasmiy Telegram kanaliga quyidagi nomer orqali +998909577874 murojaat qilishni maslahat beradi.