O‘zbekistonda avia va temir yo‘l chiptalari arzonlashadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPassajir derjit posadochnie taloni na samolet kompanii Air Berlin
Passajir derjit posadochnie taloni na samolet kompanii Air Berlin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aviatsiya va temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish uchun chiptalar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining buyurtmanomalari bo‘yicha imtiyozli tariflar bo‘yicha rasmiylashtirish nazarda tutilgan Idoralararo bitim tasdiqlanadi

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Aviatsiya va temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish uchun chiptalar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining buyurtmanomalari bo‘yicha imtiyozli tariflar bo‘yicha rasmiylashtirish nazarda tutilgan, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanaliga tayangan holda.

Bu haqda yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlarga doir Hukumat qarori imzolandi.

Tela pogibshix v Aktobe privezli v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
FVV Aqto‘bedagi avtobus ichida bo‘lganlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi
Hujjat Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan fojiali voqealar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, chegaradosh davlatlar bilan xalqaro yo‘llarda muntazam avtobus qatnovlari tashkil etiladi.

Chegaradosh davlatlarning tegishli vazirlik va idoralari bilan O‘zbekiston fuqarolarini noqonuniy tashish, ular ishtirokida baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida borgan mamlakatda avtotransport vositalarida xavfsizlik standartlari va talablarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik ta’minlanadi.

Borgan mamlakatidagi ro‘y bergan hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarga xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan shoshilinch yordam ko‘rsatish mexanizmi ishlab chiqiladi.

Boing 767 - Sputnik O‘zbekiston
Rozuqulov "O‘zbekiston Havo yo‘llari" MAK rahbarligidan ozod qilindi

Bir oy muddatda charter qatnovlarni amalga oshirish, harakatdagi temir yo‘l tarkibi soni, shu jumladan, plaskart vagonlar ulushini ko‘paytirish, budjeti past bo‘lgan xorijiy avia va temir yo‘l kompaniyalari, shu jumladan, "Rossiya temir yo‘llari" bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

2018 yilning 1-fevralidan boshlab, yo‘lovchilar bilan Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan avtobuslar va mikroavtobuslar yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0