Orlandoning yangisi chiqadimi?

© Chevrolet2008 Chevrolet Orlando concept
2008 Chevrolet Orlando concept - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyo avtomobil bozorida minivenlar ulushi yildan yilga qisqarib bormoqda. Ularning o‘rnini boshqa turdagi avtomobillar egallamoqda.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. GM Uzbekistan 22-yanvar kuni Chevrolet Orlando minivenlarini ishlab chiqarish to‘xtatilganini xabar qilgan edi. Ushbu munosabat bilan bir necha savol tug‘iladi. Nega to‘xtatildi, yangi miniven ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladimi? Yoki uning o‘rniga boshqa avtomobil paydo bo‘ladimi?

Oxirgi bir necha yil davomida dunyo avtomobil bozorida minivenlar ulushi yildan yilga qisqarib borayotganini kuzatish mumkin. Buning sabablarini yaxshiroq tushunish uchun, ushbu mavzuga chuqurroq nazar tashlaylik.

Miniven o‘zi nima?

Miniven yoki kompaktven nomli avtomobil turi 1980-yillar boshida paydo bo‘lgan edi. Eng birinchi ommaviy miniven Dodge Caravan amerikada 1983-yilda paydo bo‘ldi. Undan bir necha oy o‘tib Yevropada Renault Espace ishlab chiqarila boshladi.

Miniven – bu uzunligi o‘rtacha 4,5 m bo‘lgan, yetti yoki sakkiz o‘rindiqli yengil avtomobil. Odatda, minivenlar S-klassdagi avtomobillar bazasida yaratiladi. Masalan, Chevrolet Orlando biroz uzaytirilgan Chevrolet Cruzening platformasida yasalgan. Ford C-Max esa — Ford Focus asosida, Yevropaning eng ommaviy miniveni — Opel Zafira – Opel Vectra  asosida yaratilgan.

Yengil avtombil platformasida yaratilgan miniven ichida 3 qator o‘rindiq o‘rnatilgan bo‘lishi va salon imkon qadar kengroq bo‘lishi kerakligini tufayli miniven kuzovi shakli, istasa-istamasa avtobusga o‘xshagan bo‘ladi.

Bunday tuzilishning o‘ziga xos yaxshi va yomon tomonlari bor. Yaxshi tomonlari – mashina saloni keng bo‘lishi, unda 6-7ta odam yoki ko‘p miqdorda yuk tashish imkoniyati borligi va shu bilan birga yengil avtomobil kabi tejamkorligi. Yomon tomoni esa – avtobussimon tashqi ko‘rinishning unchalik chiroyli emasligi, miniven kuzovining sedan yoki yo‘ltanlamas avtombillariga nisbatan nimjonligi, avariyalarda ko‘proq shikastlanishi hamda to‘liq yuk ortilganda dvigatel kuchi yetishmasligini qayd etish mumkin.

CC BY 3.0 / M 93 / Opel ZafiraOpel Zafira
Opel Zafira - Sputnik O‘zbekiston
Opel Zafira
Yevropa va Shimoliy amerikada minivenlardan oilaviy avtomobil yoki uzoq sayohatlarga chiqish uchun mo‘ljallangan avtomobillar sifatida foydalaniladi. Ushbu sababga ko‘ra zamonaviy minivenlarning aksariyatining tepasi oynalik (panoramik) qilib yasalgan. Aytmoqchi, Orlando ham dastlab ommaga oynali tom bilan taqdim etilgan edi. keyinchalik ishlab chiqarish jarayonini arzonlashtirish maqsadida ushbu g‘oyadan voz kechildi.

Kuchli raqib paydo bo‘ldi…

2000 yillarning boshida Shimoliy Amerika bozorida Toyota RAV4 avtomobilining 2 avlodi  paydo bo‘ldi va u bir zumda hammaning e’tiborini o‘ziga tordi. Ko‘rinishidan yo‘ltanlamasga o‘xshagan, lekin kuzov undan sezilarli darajada yengil, boshqaruvi yengil avtomobildan farq qilmaydigan, klirensi baland va to‘rt g‘ildiragi ham tortuvchi (4WD) avtomobil edi. Dastlab SUV, krossover deb nomlangan bunday yengil jiplarga halq orasida hazilomuz ohangda, “parketnik” deb nom berishdi, ya’ni “parket ustida yurishga yaraydigan jip” ma’nosida.

Toyota RAV4ning ikkinchi avlodi esa, parketniklar orasida bir necha yillik bestsellerga aylandi. Hatto ikkilamchi bozorda ham u uzoq vaqt davomida eng xaridorgir avtomobillardan biri bo‘lib qoldi. Uning tashqi ko‘rinishi hozir ham eskirganga o‘xshamaydi.

Xaridorlar krossoverlarning ustunlik tomonlariga juda tez baho berishdi. Chunki, to‘rt g‘ildiragi ham tortuvchi, yo‘l klirensi baland krossover asfalt bo‘lmagan yoki qishgi yo‘llarda ham ishonch bilan harakatlana olar edi. Undan tashqari krash-testlarda ham krossoverlar kuzovi, old qismi (kapot) uzunroq bo‘lgani tufayli, minivenlarga qaraganda baquvvatroq ekani ma’lum bo‘ldi. Asosiysi esa – krossoverlar tashqi ko‘rinishi ham minivendan ko‘ra yengilroq, uchqirroq va chiroyliroq edi.

Shundan beri yengil yo‘ltanlamas avtomobillar kundan kunga ommaviylashib, minivenlar soni esa yildan yilga kamayib kelmoqda.

Ayrimlari hali tirik…

Ushbu kunlarda sanoqli minivenlar o‘z ommaviyligini saqlab qolgan. Avvalgidek yiliga millionlab sotilmasada, ularning o‘z xaridorlari bor.

Ana shunday minivenlardan biri Toyota Alphard. U Toyota Camry asosida qurilgan bo‘lib, lyuks klassdagi miniven sifatida bozorga chiqarilgan. Uni ko‘proq biznesmenlar korxona direktorlari yoki nufuzli mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar sotib oladi. Haqiqatdan ham uning saloni juda keng va hashamdor. U yerda 4ta kreslo yoki 2 kreslo va stol o‘rnatsa bo‘ladi.Shaharning tor ko‘chalarida, uzunligi 6 metr bo‘lgan S-klass avtomobillariga qaraganda Alphardda harakatlanish va parkovka qilish ancha qulay.

Yevropaning eng yaxshi miniveni bo‘lgan Opel Zafira ham haligacha o‘zining sadoqatli muxlislariga ega. Ularni birinchi navbatda Zafiraning yaxshi o‘ylangan va qulay saloni, panoramik tomi, boshqaruv tizimi hamda ishonchli va tejamkor dizel dvigateli jalb qiladi.

Amerikada minivenlarning “otasi” bo‘lgan Dodge Caravan haligacha yaxshi sotilmoqda. U bir necha marotaba yilning eng yaxshi miniveni, sayohatlar uchun eng yaxshi avtomobil va boshqa unvonlarga sazovor bo‘lgan. Dodge Caravan chiroyli tashqi ko‘rinish, keng va qulay salonga ega.

Orlandoning yangisi chiqadimi?

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Orlando GM Uzbekistanning Xorazmdagi zavodida ishlab chiqarilar edi. 2014-yildan buyon to‘rt mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Ko‘rib turganingizdek u O‘zbekistonda ham bestseller bo‘la olmadi.

GM Uzbekistan zapustit proizvodstvo kompaktnogo krossovera Chevrolet Tracker - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Chevrolet Tracker avtomobili ishlab chiqariladi

Ayni damda Chevrolet kompaniyasi Yevropa va Amerika bozorlarida minivenlar taklif qilmayapti. Shundan kelib chiqqan holda kompaniya minivenlar ishlab chiqarishdan to‘liq voz kechgan deb aytishimiz mumkin.

Minivenlar o‘rniga Chevrolet turli kattalikdagi krossoverlar ishlab chiarishni qaror qilgan bo‘lishi mumkin. Orlandoning bozordagi ulushini Chevrolet Captiva va Asakada 2019-yildan boshlab ishlab chiqarish rejalashtirilgan Chevrolet Tracker egalasa ajab emas.

Yangiliklar lentasi
0